Kalom, Dushanba, 9 Dekabr 2024
Ey Egamiz, yo‘l–yo‘riqlaring ila Senga umid qilamiz. Sening nomingni sharaflash Ko‘nglimiz istagidir.
Tavrot, Isha’yo 26:8
Egamiz yaxshi ko‘rgan bandasini tarbiyalaydi, Farzand qilib olgan har bir odamni jazolaydi. Chekayotgan azoblaringizni Xudoning tarbiyasi, deb bilib, sabr–toqat qilinglar. Chunki Xudo sizlarni O‘z farzandlariday ko‘rib, tarbiya qilyapti. Axir, har bir ota o‘z farzandini tarbiya qiladi–ku!
Injil, Ibroniylar 12:6-7
Muqaddas Kitob Tarjima qilish Instituti, O‘zbek tilidagi Muqaddas Kitob (2012). Matnning dastlabki nusxasi (iyul 2012).